
«Manchester Yunayted» Joze Mourino bilan yangi shartnoma tuzsa, portugaliyalik mutaxassis kattagina mablag‘ ishlab oladi. Joriy yilning yozida portugaliyalik mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma tuzilgandi, endi esa tomonlar hamkorlik muddatini uzaytirmoqchi.
Daily Express nashriga asoslanib Kun.uz yozishicha, yangi kelishuv muddati 2025 yilgacha bo‘ladi. Agar Joze Mourino bu shartnomaga qo‘l qo‘ysa, bu muddat ichida u 135 mln funt (160 million evro) ishlab oladi.
53 yoshli mutaxassis rahbarligida mankunianliklar jamoasi joriy mavsumning 17-turidan keyin Angliya chempionati turnir jadvalida 30 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar