date

Bir kechada Kanelo va Krouford UFC yillik daromadiga teng pul topdi

Bir kechada Kanelo va Krouford UFC yillik daromadiga teng pul topdi

Boks olamida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Saul “Kanelo” Alvares va amerikalik chempion Terens Krouford o‘rtasidagi to‘qnashuv nafaqat ringda, balki moliyaviy maydonda ham tarixiy voqea bo‘ldi.

“Happy Punch”ning ma’lum qilishicha, jangdan ikkisi jami 200 million dollar daromad ko‘rdi. Bu ko‘rsatkich UFC tashkilotining 2025-yildagi barcha jangchilariga to‘lanadigan umumiy 210 million dollar maoshiga deyarli teng. Ya’ni bir kechadagi boks daromadi butun yillik UFC pul taqsimotidan kam emas.

14-sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan ushbu jangda Krouford tarixiy g‘alabaga erishdi. U “Kanelo”ni mag‘lub etib, mutlaq jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Bu natija uning nomini professional boksning eng buyuklaridan biri sifatida yanada mustahkamladi.

Mutaxassislar bu jangni “moliyaviy blokbaster” deb atashdi. Chunki biletlar narxi, televideniye huquqlari va reklamalardan tushgan mablag‘lar ulkan summaga aylandi. Millionlab muxlislar jonli ravishda ushbu to‘qnashuvni kuzatish uchun pul to‘ladi va bu boksning hali ham UFCdan ko‘ra daromadliroq soha ekanini ko‘rsatdi.

“Kanelo”ning mag‘lubiyatiga qaramasdan, u katta pul ishlab oldi. Shu bilan birga, Krouford nafaqat tarixiy unvonni, balki ulkan moliyaviy mukofotni ham qo‘lga kiritdi.

Bu holat yana bir bor dunyodagi ikki sport turi — professional boks va aralash jang san’ati (MMA) o‘rtasidagi moliyaviy tengsizlikni namoyon etdi. Boks hanuz eng katta pul aylanadigan sport sifatida o‘z nufuzini saqlab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bir kechada Kanelo va Krouford UFC yillik daromadiga teng pul topdi