"PSJ" 2024/25-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra eng yaxshi klub deb topildi

Fransiyaning "PSJ" klubi France Football talqiniga ko‘ra "Oltin to‘p" marosimida 2024/25 yilning eng yaxshi klubi deb topildi. 2024/25-yilgi mavsumda ispaniyalik murabbiy Luis Enrike qo‘l ostida parijliklar Fransiya chempioni bo‘lishdi, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritishdi.
Bundan tashqari, "PSJ" o‘z tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi va finalda Milanning "Inter" klubini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…