date

Aleksandr Isak «Liverpul»dagi ilk golini urib, fikr bildirdi

Aleksandr Isak «Liverpul»dagi ilk golini urib, fikr bildirdi

«Liverpul»ning yozda amalga oshirgan eng yirik transferlaridan biri hisoblangan shved hujumchisi Aleksandr Isak yangi jamoasi safida ilk bor gol urdi. Uning urgan goli Angliya Liga kubogi doirasida «Sautgempton»ga qarshi kechgan bahsda qayd etildi. 2:1 hisobida yakunlangan o‘yinda Isak dastlabki gol muallifi sifatida jamoasi uchun muhim hissa qo‘shdi.

Shu bilan birga, yangi bosh murabbiy Arne Slot forvardini faqat birinchi bo‘limda maydonga tushirdi. Taym oralig‘ida u Isakning o‘rniga fransuz hujumchisi Yugo Ekitikeni o‘yinga kiritdi. Bu qaror ko‘pchilik tomonidan ehtiyotkorlik chorasi sifatida baholandi.

O‘yindan keyin Isak «ITV» nashriga bergan intervyusida o‘z holati haqida fikr bildirdi:

«O‘zimni yaxshi his qilyapman. Har bir o‘yin o‘tgan sari formam tobora yaxshilanmoqda. Albatta, hozir aniq javob berish qiyin, chunki bu jismoniy holatim va to‘liq tayyorgarligimga bog‘liq. Lekin ishonchim komilki, jamoaga katta foyda keltira olaman va yanada ko‘proq natija ko‘rsataman», — dedi Isak.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Isak yozda «Nyukasl» klubidan 145 million yevro evaziga «Liverpul»ga qo‘shilgan edi. Bu transfer Yevropada eng shov-shuvli bitimlardan biri sifatida qayd etilgan.

Mersisaydliklarning navbatdagi uchrashuvi 27-sentyabr kuni APL doirasida «Kristal Pelas»ga qarshi kechadi. Muxlislar esa Isakdan yana gollar kutishmoqda, chunki u yangi jamoasi safida tobora o‘zini ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Isak «Liverpul»dagi ilk golini urib, fikr bildirdi