date

“Manchester Siti” Rodrining vorisini topish uchun Joau Neveshga ko‘z tikdi

“Manchester Siti” Rodrining vorisini topish uchun Joau Neveshga ko‘z tikdi

Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” transfer bozorida jiddiy harakat boshladi. Jamoa yarim himoyada Rodrining o‘rnini munosib tarzda to‘ldirish uchun yangi nomzod izlamoqda. “Fichajes” nashrining yozishicha, “shaharliklar”ning diqqat markazida hozirda PSJ sharafini himoya qilayotgan portugaliyalik mahoratli xavbek Joau Nevesh turibdi. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, “Siti” uning transferi uchun kamida 120 million yevro ajratishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Joau Nevesh 2024-yilning yozida Parij klubiga qo‘shilgan va qisqa vaqt ichida jamoaning yetakchi o‘yinchilaridan biriga aylandi. Hozirga qadar u parijliklar safida 63 rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va yana 10 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning universalligi, jismoniy tayyorgarligi va maydondagi yuqori faoliyati uni Yevropadagi eng talabgir yarim himoyachilardan biriga aylantirdi.

E’tiborli jihati, Nevesh 2025 yilgi nufuzli “Oltin to‘p” so‘rovnomasida 19-o‘rinni egalladi. Bu natija uning yosh bo‘lishiga qaramay jahon futbolidagi nufuzini namoyon etdi. Shu bilan birga, o‘tgan mavsumda u PSJ bilan Liga 1, Fransiya Kubogi, Fransiya Superkubogi va Chempionlar Ligasida zafar quchdi. Milliy terma jamoasi bilan esa Millatlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritib, yanada katta yutuqlarga erishdi.

“Manchester Siti” rahbariyati uchun Neveshning transferi kelgusi yillardagi eng muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda. Chunki Rodri kabi markaziy xavbekning almashinuvini topish Pep Gvardiola jamoasi uchun eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib turibdi.

Muxlislar va ekspertlar hozirning o‘zida ushbu ehtimoliy transfer haqida qizg‘in munozara olib borishmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, Joau Nevesh Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng qimmat yarim himoyachilardan biriga aylanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” Rodrining vorisini topish uchun Joau Neveshga ko‘z tikdi