date

Arne Slot: «Galatasarayga qarshi o‘yin biz uchun juda og‘ir kechdi»

Arne Slot: «Galatasarayga qarshi o‘yin biz uchun juda og‘ir kechdi»

Yevropa Chempionlar Ligasi 2-turidan o‘rin olgan bahsda «Liverpul» turk grandi «Galatasaray»ga qarshi safarda maydonga tushdi va 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan so‘ng angliyaliklar bosh murabbiyi Arne Slot «Amazon Prime» efiri orqali o‘z fikrlarini bildirdi.
«Hafsalamiz pir bo‘ldi»
Murabbiy jamoasi o‘yinda ko‘rsatgan harakatdan qoniqmaganini yashirmadi:
«Yana hafsalam pir bo‘ldi. To‘p bilan ham, to‘psiz ham biz «Kristal Pelas»ga qarshi bahsdan butunlay boshqacha tarzda o‘ynadik. Birinchi bo‘limda ancha yaxshi harakat qildik, hatto hisobni ochish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘ldik. Ammo ba’zi vaziyatlarda, ayniqsa penaltida, raqiblar bizni chalg‘itishga erishishdi. Bu uchun Dominik Soboslaini ayblay olmayman. Ular 20 foizlik penaltini 100 foizlik imkoniyatga aylantirishdi, juda ayyorona ish bo‘ldi».
«Natija mayda-chuyda detallarga bog‘liq»
Slot so‘zini davom etarkan, o‘tgan mavsumdan juda ham uzoqlashmaganini ta’kidladi:
«Biz o‘tgan mavsumda ko‘rsatgan darajamizdan unchalik uzoq emasmiz. Ammo ba’zan natijalar mayda-chuyda detallarga bog‘liq bo‘ladi. «Galatasaray»ga qarshi o‘yin oson emas, ular juda qattiq harakat qilishdi. Endi biz uchun «Chelsi» bilan og‘ir bahs kutmoqda. Har narsa mayda detallarda hal bo‘ladi, lekin ikkinchi marta ham bu omillar bizning foydamizga ishlamayapti».
«Ikkinchi bo‘limda sur’atni yo‘qotdik»
Murabbiyning fikricha, tanaffusdan keyin «Liverpul» kutilgan darajada o‘ynay olmadi:
«Birinchi yarmida juda ko‘p ijobiy jihatlarni kuzatdim, ikkinchi yarmida esa ancha kamroq. Tanaffusdan keyin to‘p o‘yinda kam bo‘ldi. Raqib hujumchisi bir necha bor maydonga yiqildi, shu sababli o‘yin sur’atini saqlab qolish qiyin bo‘ldi».
Alissonning jarohati
Shuningdek, Arne Slot muxlislar uchun yana bir qayg‘uli yangilikni ham ma’lum qildi:
«Darvozabon Alisson jarohat olgani sababli «Chelsi»ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi».
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arne Slot: «Galatasarayga qarshi o‘yin biz uchun juda og‘ir kechdi»