Chempionlar Ligasi 2-turida «Qayrat» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi bahs (0:5) seshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda madridliklar yarim himoyachisi Federiko Valverde maydonga chiqmadi.
Marca nashri jurnalisti Xavi Tinto xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchi o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynashdan bosh tortgani sababli tarkibda bo‘lmagan. Trent Aleksandr-Arnoldning jarohati va Dani Karvaxalning diskvalifikatsiyasi tufayli bosh murabbiy Xabi Alonso aynan shu pozitsiyada Valverdeni ko‘rishni istagan, ammo futbolchi o‘yin oldi mashg‘ulotlarida norozilik bildirgan.
Avvalroq, klub Valverdening asosiy tarkibga kirmaganini boshqa omillar bilan izohlagan va qaror maydondagi pozitsiyaga bog‘liq emasligini qayd etgan edi.
«Real»ning navbatdagi bahsi 4 oktyabr kuni La Liga doirasida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!