date

2026 JCH final chiptalari rekord narxlarda sotuvga chiqdi

2026 JCH final chiptalari rekord narxlarda sotuvga chiqdi

2026 yil AQSH mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati final bahsi uchun chiptalar narxi oshkor etildi. Katta final Nyu-Djersidagi mashhur MetLife stadionida o‘tkaziladi.

FIFA ma’lumotiga ko‘ra, chiptalar quyidagi toifalarda sotuvga chiqariladi:

1-toifa — $6 730;

2-toifa — $4 210;

3-toifa — $2 790;

4-toifa — $2 030.

Aytilishicha, narxlar talab va sharoitga qarab o‘zgarishi mumkin. Bu “Narx o‘zgarishi” siyosati asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, FIFA muxlislar uchun rasmiy qayta sotish maydonini ishga tushiradi. U yerda futbol ishqibozlari chiptalarni bir-birlariga erkin narxda taklif qilishlari mumkin bo‘ladi — narx qiymatini cheklash belgilanmagan.

Demak, 2026 yildagi finalni stadionda tomosha qilishni istagan muxlislar oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari zarur bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 2026 JCH final chiptalari rekord narxlarda sotuvga chiqdi