Fabio Кannavaro qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Jahongir Latipov Telegram-kanali yozishicha, italyan murabbiy Fabio Kannavaro yaqin kunlarda O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida rasman ish boshlaydi.
«Sport-Express» ma’lumotiga ko‘ra, Kannavaroning yillik maoshi taxminan 4 million yevroni tashkil etadi.
Qiyoslash uchun:
– Fransiya klubi murabbiyi – 4,1 million dollar.
– Portugaliya klubi murabbiyi – 4,3 million dollar.
– Italiya termasi murabbiyi Luchano Spalletti va Niderlandiya termasi bosh murabbiyi Ronald Kuman – 3,2 million dollar.
Shunday qilib, Kannavaro maoshi jihatidan Yevropaning yetakchi murabbiylari qatoriga kiradi. Bu esa O‘zbekistonni futbol shartnomalari bo‘yicha elita davlatlar safida ko‘rsatmoqda.






























Izohlar 0
…