"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa vingeri Lamin Yamalning sog‘ligi haqida so‘z yuritdi. Bir kun oldin klub futbolchining bel qismidagi muammo yana qaytalaganini ma’lum qilib, uni kamida ikki-uch haftaga safdan chiqargandi.
Flikning ta’kidlashicha, bu oddiy jarohat emas va uning maydonga qaytish vaqti hozircha noaniq.
— “Qachon to‘liq tayyor bo‘lishini aniq bilmaymiz. Bu mushak yoki yengil jarohat emas. Ikki, uch, yoki to‘rt haftada tiklanadimi yo‘qmi— hozircha noma’lum. Hatto u 'El-klasiko'gacha tuzalib ulguradi, deb ishonch bilan ayta olmayman. Hozir u reabilitatsiya mutaxassislari bilan ishlamoqda, keyin ko‘ramiz”, — dedi murabbiy jurnalistlar bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, Lamin Yamal sentyabr oyida “Barselona”ning to‘rtta uchrashuvini jarohati sabab o‘tkazib yuborgan, keyinroq esa “Real Sosedad” va “PSJ”ga qarshi o‘yinlarda maydonga tushgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!