date

Gvardiolaga xushxabar: “Manchester Siti”da yetakchilar safga qaytmoqda

Gvardiolaga xushxabar: “Manchester Siti”da yetakchilar safga qaytmoqda

Angliya Premer-ligasining sakkizinchi turida “Manchester Siti” o‘z maydonida har qanday raqibni sinovdan o‘tkaza oladigan “Everton”ga qarshi muhim bahs olib boradi. “Shaharliklar” bu o‘yin orqali Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda kuchli to‘rtlikka yaqinlashishni maqsad qilgan.

Biroq uchrashuv oldidan Xosep Gvardiola jamoasida kadrlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelgan edi. Asosiy tarkibning bir necha yetakchi o‘yinchilari jarohat sabab oxirgi turlarda jamoaga yordam bera olmagan.

Standard.co.uk nashrining xabar berishicha, “Manchester Siti”da jarohatlar bilan bog‘liq vaziyat barqarorlasha boshlagan. Ispaniyalik mutaxassis kutgan ayrim futbolchilar endi maydonga qaytishga yaqin.

Jamoa yetakchilaridan Rodri Ispaniya terma jamoasi safida qisqa vaqt harakat qildi va u tez orada asosiy tarkibga qaytadi. Shuningdek, Gvardiola uchun muhim hisoblangan Rayan Sherki, Umar Marmush, Rayan Ayt-Nuri va Abduqodir Husanov haqida ham ijobiy yangiliklar kelib tushgan.

Rayan Ayt-Nuri
Yozda “Vulverhempton”dan transfer qilingan jazoirlik himoyachi avgustda “Tottenhem”ga qarshi bahsda shikast olib, sakkizta o‘yinni o‘tkazib yuborgandi. Endi u xalqaro tanaffusdan keyin jamoa bilan mashg‘ulotlarga qo‘shilishi kutilmoqda.

Umar Marmush
Misr terma jamoasi safidagi bahsda tizzasidan jarohat olgan hujumchi bir oy davomida safdan tashqari bo‘lgandi. Endi u to‘liq tiklanib, mashg‘ulotlarni boshlamoqda va “Everton”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishni rejalashtirmoqda.

Abduqodir Husanov
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ham tiklanish jarayonini yakunlab, jamoaga qo‘shilish arafasida. U oxirgi o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, xalqaro tanaffusdan keyin “Siti” safida qayta harakat qilishi kutilmoqda.

Gvardiolaning o‘z so‘zlariga ko‘ra, Husanov 18 oktyabr kuni “Everton”ga qarshi bo‘ladigan bahsda jamoaga yordam berishi mumkin.

Shunday qilib, “Manchester Siti” muxlislari uchun yaxshi xabar — jarohat olgan yetakchilar birin-ketin safga qaytmoqda. Bu esa jamoaning chempionatdagi keyingi sinovlarga yanada kuchli tarkib bilan chiqishiga imkon beradi.

“Manchester Siti” – “Everton” uchrashuvi 18 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiolaga xushxabar: “Manchester Siti”da yetakchilar safga qaytmoqda