date

Salah “Liverpul” haqidagi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashladi

Salah “Liverpul” haqidagi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashladi
Mohamed Salah Arne Slot uni Chempionlar ligasidagi “Ayntraxt”ga qarshi o‘yinda zahirada qoldirganidan norozi bo‘ldi. Salah maydonga 74-daqiqada chiqdi va Ugo Ekitikeni almashtirdi.

Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. TalkSPORT jurnalistlari Salah o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan “Liverpul” haqidagi ma’lumotlarni olib tashlaganiga e’tibor qaratdi.

Unga ko‘ra, misrlik futbolchi bu holatdan ranjigan bo‘lishi mumkin. “Liverpul” safarda “Ayntraxt”ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bungacha Arne Slot jamoasi ketma-ket to‘rt o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan, Salah esa sust va befarq o‘yini uchun tanqidga uchragan edi. Salah 2017-yildan buyon “Liverpul” safida to‘p suradi.

U klub bilan birga Premer-liga va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Salah “Liverpul” haqidagi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashladi