date

De Ligt Manchesterda so‘nggi 6 yildagi eng yaxshi formasiga yetdi

De Ligt Manchesterda so‘nggi 6 yildagi eng yaxshi formasiga yetdi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteys de Ligt o‘zining eng yaxshi sport formasiga erishganini aytdi. U bu natijaga Amsterdamning "Ayaks" jamoasida 2018/19 yilgi mavsumdan buyon ilk bor erishganini ta’kidladi.

Euro-football.ru ma’lumotiga ko‘ra, de Ligt o‘zini Manchesterda ishonchli his qilmoqda va bosh murabbiy Ruben Amorimning ishonchini sezmoqda. De Ligt shuningdek, jamoa ichida yaxshi muhit shakllanganini aytdi.

Uning fikricha, jamoadoshlari bilan o‘zaro hamjihatlik yuqori darajada. "Manchester Yunayted" klubi rahbariyati ham de Ligtning barqaror o‘yinidan mamnun va uni Premyer-liganing eng yaxshi himoyachilaridan biri deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, de Ligt ingliz klubiga 2024 yil yozida qo‘shilgan va bu uning "Manchester Yunayted"dagi ikkinchi mavsumi hisoblanadi. Hozirda u jamoa safida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » De Ligt Manchesterda so‘nggi 6 yildagi eng yaxshi formasiga yetdi