Argentina terma jamoasi sobiq a’zosi Papu Gomes yana katta futbolga qaytadi. Uning yangi jamoasi Italiyaning B Seriya klubi — "Padova" bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 37 yoshli yarim himoyachi jamoa bilan shartnoma tuzgan.
Bir vaqtlar “Atalanta” jamoasi yulduzi hisoblangan Gomes doping qoidasini buzgani uchun ma’lum muddatga futboldan chetlatilgandi. U 2023 yil noyabridan beri rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etmagan.
Eslatib o‘tamiz, Papu Gomes 2022 yilda Argentina bilan Jahon chempionatida g‘alaba qozongan. Shuningdek, u Amerika kubogini qo‘lga kiritgan va “Sevilya” safida Yevropa ligasida chempionlikni tantana qilgan.
Endilikda u yana maydonga qaytib, o‘z tajribasi bilan yangi jamoasiga foyda keltirishni maqsad qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar