
Germaniya chempionati 8-turida "Hoffenhaym" jamoasi "Haydenhaym" ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Uchrashuvning 18-daqiqasida Fisnik Asllani jarima maydonchasidan tashqaridan aniq zarba yoʻllab hisobni ochdi.
45-daqiqada Tim Lemperte mezbonlarning ustunligini ikki baravar oshirdi. 63-daqiqada esa Andrey Kramarich jarima maydonchasi ichidan zarba berib, hisobni yirik koʻrinishga olib keldi – 3:0.
Mehmonlar tomonidan 75-daqiqada Stefan Shimmer nufuz golini kiritdi. "Hoffenhaym" 13 ochko bilan 7-oʻrinda bormoqda, "Haydenhaym" esa atigi 4 ochko bilan turnir jadvalining quyi qismida, oldingi oʻrindan bir pogʻona yuqorida joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar