
Taniqli agent Paulu Barboza Aleksandr G'olovinning «Monako»ni tark etishga qaror qilsa, qaysi mamlakat chempionatida muvaffaqiyatli o'ynashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Barbozaning fikriga ko'ra, G'olovinni Ispaniya La Ligasining yirik klublaridan birida tasavvur qilish mumkin.
«Albatta, u Ispaniya futbolida ajoyib o'ynashi mumkin. Uni Ispaniyaning katta klublaridan birida tasavvur qilish oson», – dedi Barboza «Match TV» saytiga bergan intervyusida.
Shuningdek, agentning ta'kidlashicha, G'olovin boshqa mamlakat chempionatida o'zini sinab ko'rishga arziydimi yoki yo'qmi, bu borada faqat o'zi qaror qabul qilishi lozim. Ma'lumki, Aleksandr G'olovin «Monako»da sakkizinchi mavsumini o'tkazmoqda.
Nufuzli Transfermarkt portali 29 yoshli yarim himoyachini 20 million yevroga baholagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar