date

Real Vinisiusga ogohlantirish berdi

Real Vinisiusga ogohlantirish berdi
Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Juniorning kelajagi Ispaniya futbolida ko'p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo'lib qolmoqda. Braziliyalik futbolchi yaqinda "Barselona"ga qarshi o'yinda 72-daqiqada almashtirilgandan so'ng Xabi Alonso bilan o'zini tuta olmay, jamoa bosh murabbiyi va klub rahbariyatini xafa qilgan.

"Transfer News Live"ning "Fichajes"ga tayanib bergan xabariga ko'ra, Vinisiusga ogohlantirish berilgan: agar u tez orada shartnomasini uzaytirmasa, uning o'yin vaqti sezilarli darajada qisqartirilishi mumkin. Shuningdek, "qaymoqranglilar" rahbariyati futbolchini 2026 yilda sotish yoki 2027 yilda erkin agent sifatida ketishiga ruxsat berish variantlarini ham ko'rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, manbaga ko'ra, "Real" Vinisiusni yana bir bor almashtirish paytidagi asabiy reaktsiyani takrorlamaslik borasida ogohlantirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Real Vinisiusga ogohlantirish berdi