
«Sevilya» klubi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli «Real» hujumchisi Krishtiano Ronaldu va «Barselona» vakili Lionel Messi o‘rtasidagi raqobat to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deya yozadi «Fut.uz» sayti.
«Ronaldu – buyuk futbolchi, uning raqib jarima maydonidagi o‘yinlari odamni lol qoldiradi. Uning birgina muammosi shundaki, faoliyatining cho‘qqisi futbol tarixidagi eng kuchli futbolchi – Messi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib qoldi.
Men har doim Messi bilan ishlashni xohlalaganman. Bir kun kelib Argentina terma jamoasini boshqarishni istayman, ammo bu hozircha ro‘y bergani yo‘q. Messining murabbiyi bo‘lish – bu mening orzuyim», — deya Sampaoli so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing