Kylian Mbappe transferi: Real Madrid uni qanchaga baholamoqda?

1 daqiqa o'qish12.5K
Kylian Mbappe transferi: Real Madrid uni qanchaga baholamoqda?

Kylian Mbappe'ning orzusidagi Real Madrid klubiga o‘tishi kutilganidek silliq kechmayapti. Fransiyalik hujumchining Ispaniya poytaxtidagi kelajagi borasida turli mish-mishlar tarqalmoqda. Moliya ekspertlarining fikricha, futbolchini sotib olish uchun juda katta mablag‘ talab etiladi va bu bitimni amalga oshirishga dunyodagi sanoqli klublargina qodir. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Moliya bo‘yicha ekspert doktor Rob Wilson'ning ta’kidlashicha, Real Madrid Mbappe'ni qo‘yib yuborishi uchun klub va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashishi kerak. Garchi u Madridga erkin agent sifatida kelgan bo‘lsa-da, shartnoma shartlari, imzo bonusi va imidj huquqlarini hisobga olganda, klub unga 300 million yevroga yaqin mablag‘ sarflagan.

Wilson'ning so‘zlariga ko‘ra, Florentino Perez futbolchini sotish uchun Pari Sen-Jermen'ning Neymar uchun to‘lagan 222 million yevrolik rekordidan ham yuqoriroq narx talab qilishi mumkin. Maoshlar va boshqa xarajatlarni qo‘shganda, umumiy transfer paketi 350-400 million yevrodan oshib ketadi. Bu esa uni sotib olishga qodir yagona manzil sifatida Saudiya Arabistonini ko‘rsatmoqda.

Mbappe'ni boshqa yulduzlardan ajratib turadigan jihat uning tijoriy salohiyatidir. Lionel Messi va Cristiano Ronaldo kabi fransiyalik futbolchi ham global brend hisoblanadi. Uning Nike va EA Sports kabi yirik homiylar bilan hamkorligi hamda yosh muxlislar orasidagi ommabopligi uni shunchaki hujumchi emas, balki katta biznes loyihasiga aylantiradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?