date

Lukas Paketa "Vest Xem"ni tark etishni rejalashtirmaydi

Lukas Paketa "Vest Xem"ni tark etishni rejalashtirmaydi
Braziliyalik yarim himoyachi Lukas Paketa oʻzining hozirgi klubi – Londonning "Vest Xem" jamoasini yanvar oyidagi transfer oynasida tark etmoqchi ekanligi haqidagi xabarlarni izohladi. Daily Mail nashrining maʼlumotlariga koʻra, futbolchi ushbu mish-mishlarni rad etgan.

28 yoshli futbolchi oʻtgan yozda Birmingemning "Aston Villa" klubiga oʻtishi mumkin edi, biroq yozgi transfer oynasining soʻnggi kunlarida bitim amalga oshmay qolgan. Paketaning "Vest Xem" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning oʻrtalariga qadar moʻljallangan boʻlib, futbolchining transfer qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.

Joriy Angliya premer-ligasi mavsumida Lukas toʻqqizta oʻyinda maydonga tushib, ikki marta raqib darvozasini ishgʻol qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lukas Paketa "Vest Xem"ni tark etishni rejalashtirmaydi