Braziliyaning “Shapekoense” klubi aviahalokatida omon qolgan futbolchilarning raqamlari ular jamoaga qaytishiga qadar ishlatilmaydi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.
“Shapekoense” rahbariyati seshanba kuni jamoaning 2017 yilga tayyorgarligi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazdi. Klub prezidenti Plinio David de Nes uchta futbolchi bilan ijara kelishuvlari imzolangani haqida ma’lum qildi. Jamoa ijrochi direktori Ruy Koshta esa omon qolgan futbolchilarning o‘yin raqamlari hurmat belgisi sifatida ishlatilmasligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu holat klub o‘yinchilarning futbol va jamoaga tezroq qaytishiga umid bildirayotganidan darak beradi.
Aviahalokatda futbolchilar Alan Rushel, Neto va darvozabon Jekson Folmann tirik qolishdi.
Ma’lumot uchun, bortida “Shapekoense” o‘yinchilari va xodimlari bo‘lgan samolyot 29 noyabr kuni aviahalokatga uchradi. Jamoa Kolumbiyaga, Janubiy Amerika kubogi finalida mahalliy “Atletiko Nasonal” klubi bilan kuch sinashish uchun ketayotgan bo‘lgan. Aviahalokat natijasida 71 kishi halok bo‘ldi, olti inson, ulardan uchtasi – futbolchilar omon qoldi. Janubiy Amerika futbol konfederasiyasi 5 dekabr kuni “Shapekoense”ni Janubiy Amerika kubogi g‘olibi deb e’lon qildi. Shuningdek, jamoa halokatdan so‘ng ilk uchrashuvini 29 yanvar kuni o‘tkazishi ham xabar qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Medvedev yadroviy qurol texnologiyasini “AQSH dushmanlariga” berishni taklif qildi
Qozog‘iston prezidenti mahalliylashtirilgan sportchilar sonini kamaytirishga topshiriq berdi
Komil Allamjonovga suiqasdda gumonlanib 5 kishi qamoqqa olindi