
Monako klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning agenti Aleksandr Klyuyev futbolchi faoliyatini yakunlagach, Monakoda qolishni rejalashtiradimi yoki yoʻqmi, degan savolga javob berdi. "Yoʻq, bu aniq.
Sasha Rossiyani juda yaxshi koʻradi, uning Moskvada kvartirasi bor. Shuni bilingki, u har bir ta’tilini uyida oʻtkazadi.
U doim Maldivlarga nisbatan Altayni afzal koʻradi", — deydi Klyuyev RB Sportga bergan intervyusida. Joriy mavsumda 29 yoshli Golovin Fransiya chempionatida beshta oʻyinda maydonga tushib, ikki gol urishga erishdi.
Shuningdek, u Chempionlar ligasida ham bir oʻyinda qatnashdi. Rossiyalik yarim himoyachining Monako klubi bilan shartnomasi 2029-yilning oʻrtalariga qadar amal qiladi.
Transfermarkt ma’lumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar