date

Leon Xames Rodriges bilan shartnomani uzaytirmaydi


Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Xames Rodriges joriy mavsum yakunida Meksikaning "Leon" klubini tark etadi. Klub yulduzli kolumbiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qilgan.

Bu haqda ESPN xabar bermoqda. Maʼlum qilinishicha, 34 yoshli futbolchining "Leon" bilan amaldagi shartnomasi dekabr oyi oxirida yakuniga yetadi.

Xames Meksika chempionatida qolishi mumkin, chunki uning xizmatlariga bir nechta boshqa klublar qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, uning MLSda faoliyatini davom ettirish imkoniyati ham mavjud.

2025/2026-yilgi mavsumda yarim himoyachi Meksika chempionatida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Leon Xames Rodriges bilan shartnomani uzaytirmaydi