
22 yoshli "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Anderson "Manchester Yunayted"ning qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.
"Qizil iblislar" futbolchini qishki transfer oynasida qoʻlga kiritishga harakat qilishadi. "Oʻrmonchilar" esa yarim himoyachini 80 million yevroga baholashmoqda.
Anderson "Nottingem Forest" bilan 2029 yilning oʻrtalarigacha shartnomaga ega. 2025/2026 yilgi mavsumda Anderson 12 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 45 million yevroga baholagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar