
Soʻnggi oʻyinlarda durang natijalar qayd etayotgan "Atalanta" jamoasi shanba kuni turnir jadvalidagi qoʻshnisi "Udineze" mehmoni boʻldi. Bergamoliklar bu oʻyinda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, chunki ular butun 90 daqiqa davomida raqib darvozasiga atigi bir marta zarba yoʻllashdi.
Mezbonlar "Atalanta"ga tezkor hujum tashkil etish imkoniyatini berishdi va Davide Dzappakosta bu hujumni gol bilan yakunlashga yaqin boʻldi, biroq bu vaziyatda ofsayd qayd etildi. 37-daqiqada esa Kamalddin Sulemana hisobni ochish imkoniyatiga ega boʻldi, ammo toʻpga toʻgʻri zarba bera olmadi va imkoniyatni boy berdi.
Javob hujumida Hasan Kamara pasini Nikolo Dzanyolo golga aylantirib, "Udineze"ga 1:0 hisobidagi gʻalabani taqdim etdi. Ikkinchi boʻlimda ikkala jamoa ham xavfli vaziyatlar yaratishga muvaffaq boʻla olishmadi.
Ushbu gʻalabadan soʻng 15 ochkoga ega "Udineze" turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egallab turibdi, "Atalanta" esa 13 ochko bilan oʻninchi oʻrinda joylashgan.
Udineze Atalantani minimal hisobda magʻlub etdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar