date

Mareska 'Chelsi'ning gʻalabasini baholadi


‘Chelsi’ bosh murabbiyi Entso Mareska APL doirasidagi ‘Tottenxem’ga qarshi oʻyinda (1:0) jamoasining oʻyinini qanday baholaganini maʼlum qildi. ‘Koʻklar’ raqibga nisbatan koʻproq vaziyatlar yaratishga muvaffaq boʻldi, ammo faqat Joao Pedroning 34-daqiqadagi yagona goli bilan cheklanishdi.

‘Men gʻalabadan mamnunman, ayniqsa, darvozamiz daxlsiz qolganidan xursandman. Bu juda muhim.

Biz, albatta, koʻproq gol urishni xohlaymiz, ammo mudofaani mustahkamlashimiz shart. Bugungi oʻyinda jamoamiz toʻp bilan ham, toʻpsiz ham yaxshi oʻynadi, xuddi ‘Liverpul’ga qarshi oʻyindagi kabi.

Albatta, gol urish muhim, lekin himoyadagi ishonchlilik ham juda zarur – bu liga choʻqqisi uchun kurashmoqchi boʻlsen, albatta kerak’, – deydi Mareska jurnalist Bobbi Vinsentga bergan intervyusida. 5-noyabr, chorshanba kuni, ‘Chelsi’ Chempionlar ligasi doirasida ‘Qarabogʻ’ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mareska 'Chelsi'ning gʻalabasini baholadi