
La Liganing 11-turida "Real Oviedo" va "Osasuna" jamoalari o'zaro kuch sinashdi, biroq gol ura olishmadi. Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida Ilyas Chayra hisobni ochish uchun qulay imkoniyatga ega bo'ldi, ammo darvozabonning ajoyib reaktsiyasi bunga yo'l qo'ymadi. 
Keyingi real imkoniyatni esa tomoshabinlar bir yarim taymdan keyin ko'rishdi – Federiko Vinyas jarima maydonchasida raqib himoyachilardan xoli holda to'pni darvoza ustunidan biroz nariroqqa yo'lladi. O'yin 0:0 hisobida yakunlandi. 
Natijada, "Real Oviedo" 8 ochko bilan 19-o'ringa tushib qoldi, "Osasuna" esa 11 ochko bilan 15-o'rinda qoldi.
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing