
"Bavariya"ning markaziy himoyachisi Dayo Upamekanoning kelajagi hanuz noaniq bo‘lib qolmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi, ammo yangi kelishuv shartlari bo‘yicha hali biror kelishuvga erishilmagan.
Chempionlar ligasining seshanba kungi PSJga qarshi o‘yinidan so‘ng jurnalistlar "Bavariya"ning sport bo‘limi rahbari Maks Eberldan vaziyat haqida ma’lumot berishni so‘rashdi.
"Upamekanoning agentining telefoni tinmayapti, to‘g‘rimi?" – degan savolga Eberl shunday javob berdi: "Bu odatiy hol, shunday bo‘lishi kerak.
Men ko‘p marta aytganman, biz o‘z ishimizni davom ettirib, Upamekano bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz. Biz aniq niyatdamiz va ishni davom ettiryapmiz."
Chempionlar ligasining 4-turida Vinsent Kompanining jamoasi Parijda 2:1 hisobiga g‘alaba qozondi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!