date

Ashraf Hakimi Afrika Kubogida ishtirok etishi mumkin

Ashraf Hakimi Afrika Kubogida ishtirok etishi mumkin
PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi Chempionlar Ligasi doirasida "Bavariya"ga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda jarohat oldi. Hakimi o‘yinda Luis Diasning qattiq harakati tufayli maydonda jarohatlandi.

Ogʻriq shu darajada kuchli ediki, marokashlik futbolchi koʻz yoshlarini tiyib turolmadi. L'Equipe nashrining xabariga koʻra, Hakimi Afrika Kubogida Marokash terma jamoasi safida ishtirok etish imkoniyatini saqlab qolmoqda.

Bu yulduz futbolchining tiklanish jarayoniga bogʻliq boʻladi. Ammo aniqki, minimal tiklanish muddati olti hafta boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Afrika Kubogi 21 dekabr kuni boshlanadi. Shuningdek, "PSJ" Chempionlar Ligasi oʻyinida "Bavariya"ga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ashraf Hakimi Afrika Kubogida ishtirok etishi mumkin