
Real Madrid futbol jamoasi safidagi jarohatlar roʻyxati yana bir futbolchi bilan toʻldi. Klub rasmiy saytida xabar berilishicha, yarim himoyachi Orlen Tchuameni jarohat olgan.
25 yoshli fransuz futbolchisining tibbiy koʻrigidan soʻng uning chap sonining yarim pay chanoq muskuli jarohatlangani aniqlangan. Lekin futbolchining tiklanish muddati haqida klub rasmiylari maʼlumot bermadi.
2025/2026 yilgi mavsumda Tchuameni jami 15 oʻyinda maydonga tushgan va biror samarali harakat qayd etmagan. "Real" oʻzining navbatdagi uchrashuvini 9-noyabr, yakshanba kuni safarda "Rayo Valyekano"ga qarshi oʻtkazadi.
Mazkur oʻyinning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan soat 20:15 ga belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar