date

Adidas 2026 yilgi JCh futbolkalarini taqdim etdi


Adidas kompaniyasi 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichiga yoʻl olgan 23 milliy jamoa uchun maxsus futbolkalarni taqdim etdi. Dizayn jarayonida tarixiy motivlarga katta eʼtibor qaratilgan.

Turnirni avvalgi yillarda yutgan mamlakatlarning yutuqlari yangi futbolkalarda aks ettirilgan. Masalan, amaldagi chempion Argentina terma jamoasining uch marta Jahon chempioni boʻlganligi Adidasning uch chiziqli dizayni bilan uygʻunlashgan.

Shuningdek, Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA)ning 130 yilligi ham unutilmadi — AFAning tashkil etilgan yili (1896) futbolkalarda aks ettiriladi. Eslatib oʻtamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi 11 iyundan 19 iyulgacha boʻlib oʻtadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Adidas 2026 yilgi JCh futbolkalarini taqdim etdi