Chempionlar Ligasining bosh favoriti aniqlandi


Goal nufuzli portali jurnalistlari Chempionlar Ligasi to'rtinchi turidan so'ng yangi favoritlar reytingini e'lon qilishdi. Unga ko'ra, birinchi o'ringa "Bavariya" ko'tarildi.
Jamoa seshanba kuni "PSJ"ni safarda 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Avvalgi reytingda birinchi o'rinda bo'lgan "PSJ" uchinchi pog'onaga tushib ketdi.
Ikkinchi o'rinni esa "Arsenal" saqlab qoldi. Top-10 reyting quyidagicha shakllandi: "Liverpul", "Manchester Siti", "Barselona", "Real", "Inter", "Galatasaroy", "Nyukasl".
Ayniqsa, "Galatasaroy"ning to'qqizinchi o'rinda joylashgani biroz ajablanarli. Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Chempionlar Ligasi kubogini "PSJ" qo'lga kiritgan edi.































Izohlar 0
…