
“Barselona” jamoasi futbolchisi Lamine Yamal “Bryugge”ga qarshi o‘yindan so‘ng raqib muxlislarining munosabati haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, muxlislarning hushtakbozligi — uning maydondagi muhim o‘rnini anglatadi.
“Agar raqib muxlislar menga hushtak chalsa, bu ularning mening muhim futbolchi ekanimni bilishlaridan dalolat. Agar men oddiy futbolchi bo‘lganimda, ular bu ishni qilmasdi”, — dedi Yamal uchrashuvdan keyingi suhbatda.
U bunday holatlarni salbiy qabul qilmaydi, aksincha, buni rag‘bat sifatida qabul qiladi. “Maydondagi har bir harakatim muxlislar e’tiborida ekanligini his qilaman. Bu menga yanada yaxshiroq o‘ynashga turtki bo‘ladi”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Bryugge” o‘rtasidagi o‘yin qizg‘in kurash sharoitida o‘tdi. Yamalning o‘yindagi faol ishtiroki va samarali harakatlari muxlislar tomonidan ham turlicha baholandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!