
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda o‘tayotgan futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Guruh bosqichining ikkinchi turida O‘zbekiston va Irlandiya termalari o‘zaro bahs olib bordi.
Afsuski, mazkur uchrashuvda O‘zbekiston jamoasi mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv 2:1 hisobida Irlandiya foydasiga yakunlandi.
O‘yindan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilov mag‘lubiyat sabablarini izohladi. "Hammamiz ko‘rdik, raqib futbolchilarning bo‘yi bizning o‘yinchilardan ancha baland.
Shu sababdan, ikkinchi qavatda kurash olib borish juda qiyin bo‘ldi. Bizning futbolchilar bilan raqib o‘yinchilari o‘rtasidagi bo‘y farqi juda katta edi.
Bu deyarli imkonsiz holat, chunki 168 santimetr bo‘yli futbolchi 190 santimetrli raqibni yenga olmaydi", — dedi mutaxassis. Ma’lumot uchun, Irlandiya ikkala golni bosh bilan kiritdi.
Shuningdek, o‘zbek futbolchilarining o‘yinini stadiondan afsonaviy murabbiy Arsen Venger kuzatib borgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar