date

Irlandiya murabbiyi: O‘zbekistonga qarshi o‘yin chinakam sinov va zavqli bahs bo‘ldi

Irlandiya murabbiyi: O‘zbekistonga qarshi o‘yin chinakam sinov va zavqli bahs bo‘ldi

U-17 jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida O‘zbekistonga qarshi o‘tgan bahs (2:1)dan so‘ng Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Kolin O’Brayen jamoasi namoyish etgan o‘yindan mamnunligini bildirib, muxlislar oldida fikrlarini o‘rtoqlashdi.

“Bu g‘alaba men uchun va yigitlar uchun juda katta ahamiyatga ega. Bugun biz chinakam futbol muhitini his qildik. O‘zbekiston termasi Osiyoda so‘nggi yillarda tez sur’atda rivojlanayotgan, Janubiy Koreya va Yaponiya singari kuchli jamoalar qatorida. Ularning o‘yin uslubi dinamik, hujumlari xavfli va qarshi zarbalarda juda tezkor”, — dedi O’Brayen.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, o‘yinning ayrim lahzasida Irlandiya futbolchilariga sabr-toqat bilan himoyalanishga to‘g‘ri kelgan. Birinchi bo‘limda gol o‘tkazib yuborishganiga qaramay, jamoa ruhan sinmagan va rejaga sodiq qolgan. “Bizning yigitlar aniq yo‘nalishda harakat qilishdi, faqat natija emas, o‘yindagi barqarorlik muhim edi. Chap qanot orqali hujum tashkil etish imkonini ko‘rdik va Gradining aniq harakati natijani tenglashtirishga yordam berdi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Ikkinchi bo‘limda irlandiyaliklar ustunlikni qo‘lga kiritib, Mikayel Nunanning aniq zarbasi bilan g‘alabani ta’minlashdi. “Bu o‘yinda biz nafaqat g‘alaba, balki jamoaviy irodani ham namoyon etdik. O‘yindagi intizom va ishtiyoqni yuqori baholayman”, — dedi O’Brayen.

Bosh murabbiy shuningdek, musobaqa hali yakunlanmaganini va Paragvayga qarshi bahs hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ta’kidladi: “Hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q. Oldinda muhim o‘yin bor. Haddan tashqari xursandchilikka berilmay, shu ruhda tayyorgarlikni davom ettiramiz. Bu yigitlar uchun katta tajriba va kelajak uchun muhim maktab bo‘ladi”.

O’Brayen so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston termasiga qarshi bahs nafaqat texnik, balki ruhiy jihatdan ham jiddiy sinov bo‘lgan. Uning fikricha, bunday raqiblar bilan to‘qnashish yosh futbolchilar uchun qimmatli tajriba hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Irlandiya murabbiyi: O‘zbekistonga qarshi o‘yin chinakam sinov va zavqli bahs bo‘ldi