
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Liverpulning o'ng qanot himoyachisi Konor Bredli haqida iliq fikr bildirdi. 22 yoshli Shimoliy Irlandiyalik futbolchi qizillarning Siti bilan kechgan uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo bu jamoasini yirik mag'lubiyatdan (0:3) qutqara olmadi.
"Men Bredlining o'yinidan haqiqatan ham hayratlandim. U Liverpulning o'ng qanot himoyasida ajoyib o'ynaydi.
Pep Leynders menga u haqida minglab maqtovlar aytdi. Bilaman, Bredli bizga qarshi o'yindan avval Vinisiusga qarshi o'zini a'lo darajada ko'rsatgan", – dedi Gvardiola jurnalistlarga.
Qayd etish lozimki, ushbu uchrashuv ispaniyalik murabbiy uchun murabbiylik faoliyati davomida 1000-uchrashuv bo'lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar