
Barselona hujumchisi Robert Levandovski "Selta"ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etib, yana bir bor o‘z mahoratini namoyish etdi. 37 yoshli futbolchi joriy La Liga mavsumida 9 o‘yinda jami 7 ta gol urishga erishdi.
U har 64 daqiqada bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilmoqda. Bu haqda Barca Universal xabar bermoqda.
E’tiborlisi, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Levandovski hatto chempionatning eng yaxshi to‘purari Kilian Mbappeni ham ortda qoldirgan. Mbappe har 81 daqiqada gol urmoqda.
Shuningdek, polshalik hujumchi faqat bir marta penaltidan gol urgan bo‘lsa, "Real" futbolchisi uch marta penaltidan foydalanib to'p kiritgan. La Liganing to‘purarlar ro‘yxatida Mbappe 13 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda.
Levandovski esa Madridning "Atletiko" klubi aʼzosi Xulian Alvares bilan birgalikda 2-o‘rinni bo‘lishmoqda.
Levandovski La Ligada har 64 daqiqada gol urmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar