date

Reynders: "Mening narxim juda yuqori"

Reynders: "Mening narxim juda yuqori"
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Tidjani Reynders o‘z transfer bahosi haqida fikr bildirdi. O‘tgan yozda “shaharliklar” niderlandiyalik futbolchini “Milan”dan 55 million yevro evaziga sotib olishgan edi.

Hozirda Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroga yetgan. "Vau, bu juda yuqori.

Ba’zan Transfermarkt’da sobiq jamoadoshlarimning profillarini ko‘rib, ularning faoliyati qanday kechayotganini kuzataman, lekin o‘z narximni o‘rganmaganman. Mening transferim amalga oshganida, bu uchun to‘langan summa meni hayratga soldi.

Bu juda yoqimli iltifot edi", – deydi 27 yoshli futbolchi Sport Witness nashriga bergan intervyusida. Tidjani Reynders “Manchester Siti” safida 18 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Reynders: "Mening narxim juda yuqori"