
Myunxenning "Bavariya" klubi rahbariyati darvozabon Manuel Noyer bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Bu haqda Bild portali xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, Transfermarkt portali tomonidan 4 million yevroga baholangan Noyer jamoada yana bir mavsum qolishi mumkin. Darvozabon hali yakuniy qarorini qabul qilmagan va bu qarorni sogʻligʻi holatidan kelib chiqib qabul qiladi.
Noyer 2011-yildan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 575 ta oʻyinda maydonga tushib, 469 ta gol oʻtkazib yuborgan (joriy mavsumda 14 ta oʻyin va 10 ta gol oʻtkazilgan).
"Bavariya" jamoasi Bundesligada 28 ochko bilan birinchi oʻrinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.