date

Kazemironing "MYu"dagi kelajagi muhokamada


Braziliyalik yarim himoyachi Kazemironing "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha moʻljallangan. Mehnat shartnomasida uning maoshi saqlangan holda yana bir yilga uzaytirish opsiyasi mavjud.

Biroq klub unga pastroq maosh bilan yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. "Kazemironing maoshi juda yuqori, "Manchester Yunayted" uni pasaytirishni istaydi.

Biroq, menimcha, Kazemiro maoshning kamaytirilishiga rozi boʻlmaydi. Qanday natija boʻlishini koʻramiz", - dedi jurnalist Fred Kaldeyra braziliyalik TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida.

Matbuotdagi maʼlumotlarga koʻra, 33 yoshli Kazemiro haftasiga taxminan 390 ming yevro maosh oladi. Hozirda "Manchester Yunayted" Premer-liga turnir jadvalida ettinchi oʻrinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kazemironing "MYu"dagi kelajagi muhokamada