date

Dana Uayt katta boylikning jangchilar ruhiga ta’sirini ochiq aytdi

Dana Uayt katta boylikning jangchilar ruhiga ta’sirini ochiq aytdi

UFC olamida moliyaviy muvaffaqiyat har doim ham ringdagi kuch bilan bir xil tarozida o‘lchanmaydi. Bu haqda tashkilot prezidenti Dana Uayt navbatdagi intervyusida keskin fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, katta pul va beqiyos shuhrat ba’zi jangchilarning ishtiyoqini so‘ndirib qo‘yadi.

Uaytning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab yulduzlar rekord mukofotlar va yirik to‘lovlarga erishganidan keyin avvalgi “ochlik”, ya’ni g‘alaba uchun kurashishdagi maksimal ruhiy tayyorgarlikni yo‘qotadi.

«Pul juda ko‘p narsani o‘zgartirib yuboradi. Millionlab daromad topilganidan keyin ayrimlar avvalgi motivatsiyasini tiklab bo‘lmaydi. Konor Makgregor bunga eng ochiq misol. U juda katta boylikka erishdi va avvaliday tashnalik bilan jang qilmay qo‘ydi. Lekin Xabib Nurmagomedov bundan mustasno — u ulkan mablag‘ ishlab topgan bo‘lsa-da, o‘zini yo‘qotmadi, tamoyillaridan chekinmadi. Bu meni juda xursand qiladi», — dedi Uayt.

AQSH va Yevropa ommaviy axborot vositalari keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Konor Makgregorning hozirgi boyligi taxminan 200 million dollar atrofida. Bu summa nafaqat janglari, balki biznes loyihalari orqali ham shakllangan.

Shu bilan birga, UFC muhitida doimiy savol mavjud: katta pul jangchilarni kuchaytirayaptimi yoki aksincha, tezda ruhdan tushirib qo‘yyaptimi?

Uaytning fikriga ko‘ra, bu har bir sportchining shaxsiy irodasiga bog‘liq. Aslida, katta mukofotlar va tijorat shartnomalari sportni yangi bosqichga olib chiqsa-da, haqiqiy jangchi g‘alaba uchun “ichkaridan yonuvchi” istakni yo‘qotmasligi kerak.

MMA muxlislari esa bu mavzuda ikkiga bo‘linib fikr bildirmoqda: ayrimlar katta daromad — har bir chempionning haqqi desa, boshqalar ringdagi ishtiyoq puldan ustun turishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Bir narsa aniq: MMA olamida katta pul ham, yirik talanti bor jangchi ham barcha narsadan ustun emas — asosiysi taslim bo‘lmas ruh va o‘z ustida ishlashda davom etishdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dana Uayt katta boylikning jangchilar ruhiga ta’sirini ochiq aytdi