
Rossiyalik murabbiy Sergey Tashuev "PSJ" darvozaboni Matvey Safonovning kelajagi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Mutaxassis futbolchini oʻyin amaliyoti yoʻqligi sababli fransuz klubini tark etishga chaqirdi.
"Klubda uzoq vaqt oʻyin amaliyotisiz oʻtirish mumkin emas. Bu nafaqat mahorat darajasining pasayishiga olib keladi, balki futbolchining psixologiyasiga ham salbiy taʼsir qiladi", – dedi Tashuev "Sovetskiy sport" nashriga bergan intervyusida.
Matvey Safonov 2024-yilning yozidan beri "PSJ" safida toʻp surmoqda. U Parij klubi tarkibida jami 17 oʻyinda maydonga tushgan va ulardan 7 tasida oʻz darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.
Joriy mavsumda esa Safonov "PSJ" safida birorta oʻyinda maydonga tushmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.