8 413
"Arsenal", "Everton", "Navbahor"...Alisher Usmonov bilan Namangan futboli qanday cho‘qqilarni zabt etadi?
Rossiya milliarderlari qatoriga kiruvchi Alisher Usmonovga qarashli USM Holdings firmasi Angliyaning “Everton” klubi bilan 5-yillik homiylik shartnomasi imzoladi. Unga ko‘ra, Liverpul shahri futbol jamoasi 75 million funt sterling mablag‘ga ega bo‘ladi. Jamoaning Finch Farm mashg‘ulot bazasi esa bu davr ichida USM Finch Farm deb nomlanadi.
Bu O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan milliarderning ingliz futboliga kiritayotgan birinchi sarmoyasi emas. 2007 yilda u Londonning “Arsenal” jamoasining 14,5 % hissalarini 150 million dollarga sotib olgandi. Keyinchalik Usmonov o‘z hissalarini 23% ga chiqarib oldi va hozirda jamoaga katta moliyaviy ko‘mak berib kelmoqda.
Alisher Usmonovning O‘zbekistonga qaytish istagi borligi haqida yaqinda yozgan edik.
Namanganning “Navbahor” futbol klubi sobiq ittifoq miqyosida o‘z o‘zini boshqarish (xo‘jalik) hisobiga eng birinchilardan bo‘lib o‘tgandi. Mashhur Moskvaning “Spartak”, SSKA, Kievning “Dinamo” jamoalari ham o‘ziga etarli pulni o‘zi ishlab topish mumkinligini Namangan misolida o‘rganishgandi. 1991 yilgi sobiq ittifoq chempionatining so‘nggi yili Namangan fenomeni bilan o‘tgandi. Birinchi bo‘lib chet eldan sotib olingan “Mersedes” avtobusi, oliy emas, birinchi liga musobaqasida har o‘yinda 50-60 mingdan tomoshabin bilan to‘lib toshgan Namangan o‘yingohi...
Afsuski, keyingi davrda “Navbahor” o‘z mavqeini ancha berib qo‘ydi. O‘tgan yili yakuni bo‘yicha esa birinchi liga vakili “Norin” jamoasi bilan oliy ligada qolish uchun o‘tish o‘yinida ham o‘ynashga majbur bo‘ldi.
Ikki-uch avval Odil Ahmedovning Xitoy jamoasiga o‘tgani to‘g‘risidagi xabarlar e’lon qilindi. E’tiborga molik tomoni, asli namanganlik bo‘lgan Odil “Navbahor” safida hech o‘ynamagan....
Alisher Usmonov futbolga birinchi sarmoya kiritgan 2007 yilda bu pulni “Arsenal” emas, “Navbahor” olishi mumkinligi ehtimolini ham hech kim o‘ylamagandi. Ammo bugun, Alisher Usmonov o‘zi, ochiq-oydin “O‘zbekistonga chaqirishsa jon deb boraman” deb turgan paytda, unga “Navbahor” jamoasiga homiylik qilishni so‘rab chiqmaslik xatoning o‘zginasi bo‘ladi. Bundan bir necha yil avval milliarderning o‘zi “Navbahor”ga qiziqish bildirgani haqidagi shov-shuvlar Namanganni oyoqqa turg‘izgandi. Lekin, bu shov-shuvlar uning rad javobini olgani haqidagi davomi bilan yakunlangandi...
Alisher Usmonovning Namangan futboliga kiritishi mumkin bo‘lgan sarmoya jamoani nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Osiyoda birinchi o‘ringa olib chiqishi muqarrar. Chunki, jamoa buyuk g‘alabalarga erishishi uchun uning tarixi, an’analari, ishqibozlari bo‘lishi kerak va bu narsalarning bari ortig‘i bilan “Navbahor”da bor. Sun’iy ravishda faqat pul bilan kuchli klub yaratib bo‘lmasligining sanoqsiz misollarini keltirish mumkin...
Manba: Vodiymedia.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Medvedev yadroviy qurol texnologiyasini “AQSH dushmanlariga” berishni taklif qildi
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
Komil Allamjonovga suiqasdda gumonlanib 5 kishi qamoqqa olindi