
Futbol agenti Paulu Barbosa rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning kelajakdagi imkoniyatlari haqida oʻz fikrini bildirdi. Unga koʻra, Safonov Parijning PSJ klubida asosiy darvozabon boʻlish uchun imkoniyatga ega.
Hozirgi mavsumda Safonov birorta oʻyin oʻtkazmagan, chunki u oʻz oʻrnini Lyuk Shevalyega boy bergan. "Safonov tarkibdagi oʻz oʻrnini olish uchun kurashishi kerak.
Hozirgi PSJ darvozaboni koʻp xatolarga yoʻl qoʻyadi. Safonov esa juda kuchli darvozabon va uning oʻynash imkoniyati bor", – deydi agent Legalbet nashriga bergan intervyusida.
26 yoshli rossiyalik darvozabon oʻtgan yilning yozida PSJ safiga qoʻshilgan edi. U Liga 1 chempioni bilan 2029-yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
Matvey Safonovning transfer qiymati 18 million yevroga baholangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.