
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Joau Neves jamoasining Jahon chempionati–2026 saralash bosqichida Armaniston ustidan 9:1 hisobida erishgan yirik gʻalabasidan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. Mezbonlar raqiblarini toʻliq ustunlik bilan magʻlubiyatga uchratishdi.
"Biz koʻp gol urdik va jamoaviy oʻyinimizni mukammal darajada namoyish etdik. Ushbu oʻyinda gol vaziyatlaridan foydalanishimiz eng yuqori darajada edi.
Shuning uchun shuncha koʻp gol urildi", – deydi yarim himoyachi UEFA matbuot xizmatiga. Mazkur gʻalabadan soʻng Portugaliya terma jamoasi 13 ochko toʻpladi va oʻz guruhida birinchi oʻrinni egalladi.
Natijada jamoa toʻgʻridan-toʻgʻri Jahon chempionati–2026 turniriga yoʻllanma oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.