date

Suyarov Muhammadzohid “Ganja Open”da blis yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi

Suyarov Muhammadzohid “Ganja Open”da blis yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi

Ozarbayjonning Ganja shahrida 10–17-noyabr kunlari o‘tgan “Ganja Open-2025” xalqaro musobaqasi joriy yilning eng ko‘p ishtirokchi to‘plagan musobaqalaridan biri sifatida e’tibor qozondi. Nufuzli turnirda dunyoning 12 davlatiga mansub 300 dan ortiq mahoratli shaxmatchilar ishtirok etdi. Mukofot jamg‘armasi ham jiddiy — 41 200 manat miqdorida belgilab qo‘yilgan edi.

O‘zbekiston sharafini mazkur musobaqada ikki nafar shaxmatchi himoya qildi. Ular orasida xalqaro toifadagi sport ustasi Muhammadzohid Suyarovning natijasi alohida e’tirofga loyiq bo‘ldi. Yosh, ammo tajribali shaxmatchi blis yo‘nalishida barcha raqiblarini ortda qoldirib, birinchilik nuqtasiga chiqdi.

“Chess Results” platformasida e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Suyarov 9 tur davomida 7,5 ochko jamg‘ardi. Bu natija uni nafaqat peshqadamlar qatoriga, balki mutlaq g‘oliblar safiga olib chiqdi. O‘yinlar bir lahza ham sustlashmagan, deyarli har bir partiyada yuqori reytingli tajribali raqiblar uchraganiga qaramay, u barqaror va aniq o‘yin bilan o‘z mavqeini mustahkamlay oldi.

Uning g‘alabasi tasodif emas — qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham Muhammadzohid barcha ishtirokchilarni ortda qoldirdi. Partiyalar davomidagi hisob-kitob, tezkor qarorlar va mukammal strategiya uning musobaqani boshidan oxirigacha nazoratda ushlab borganini ko‘rsatdi.

“Ganja Open-2025” dagi bu zafar nafaqat shaxmat ixlosi bilan yonayotgan muxlislar uchun, balki O‘zbekiston shaxmat maktabi uchun ham muhim yutuq hisoblanadi. Suyarovning g‘alabasi yana bir bor yurtimizdagi iqtidorli yoshlar xalqaro maydonda munosib raqobat qila olishini namoyon etdi.

Musobaqa yakunida u blis yo‘nalishining mutlaq chempioni sifatida taqdirlandi va Ganja shaxmat sahnasida o‘z nomini yorqin bitib ketdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Suyarov Muhammadzohid “Ganja Open”da blis yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi