Bukayo Saka "Arsenal" bilan shartnomani uzaytiradi


"Arsenal" klubi futbolchisi Bukayo Saka Londonda qolishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Fabriz Xokins xabar berdi.
Manbalarga ko'ra, tomonlar hamkorlikni 2030-yilgacha davom ettirish borasida kelishuvga erishgan. Aytilishicha, Saka barcha zarur hujjatlarni "Arsenal" himoyachisi Uilyam Saliba bilan yangi bitim imzolangandan so'ng rasmiylashtiradi.
Bukayo Saka — "Arsenal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Hozirgi mavsumda 24 yoshli ingliz futbolchisi barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 14 uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Nufuzli Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 140 million yevroga baholamoqda.





























Izohlar 0
…