date

Kyurasao – Jahon chempionatida eng kichik mamlakat


Kyurasao terma jamoasi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Bu uchun ular Yamayka bilan oʻyinda durang natija qayd etishdi va raqiblarini – ilgari Jahon chempionatida ishtirok etgan Yamaykani (Argentina-Yamayka 5:0) bir ochko bilan ortda qoldirishdi.

Bu Kyurasao uchun Jahon chempionati saralash bosqichidagi ilk muvaffaqiyat boʻldi va ular darhol rekord oʻrnatdi – final bosqichida ishtirok etadigan eng kichik mamlakatga aylandi. Kyurasao maydoni 444 kvadrat kilometr boʻlib (bu Andorra hududiga teng), aholisi esa 155 ming kishidan iborat.

Terma jamoani sobiq Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dik Advokat boshqaradi. Qizigʻi shundaki, Kyurasao terma jamoasining barcha futbolchilari Niderlandiya pasportiga ega va ushbu mamlakat chempionatida toʻp surishadi – chunki orol oʻtmishda Niderlandiyaning koloniyasi boʻlgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kyurasao – Jahon chempionatida eng kichik mamlakat