
FIFA prezidenti Janni Infantino AQSh prezidenti Donald Tramp bilan futbol bo'yicha Jahon chempionati uchun AQShga kelmoqchi bo'lgan muxlislar uchun vizalarni rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirish bo'yicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi. Hozirda turli davlatlar uchun viza arizalarini ko'rib chiqish muddati farq qiladi, baʼzi hollarda bu jarayon bir yilga cho'zilishi mumkin, masalan, Kolumbiya fuqarolari uchun.
Bu, albatta, Jahon chempionatiga borishni rejalashtirayotgan odamlar uchun qabul qilib bo'lmas holatdir. Infantino ushbu muammoni hal qilishga va muxlislar uchun vizalarni tezroq ko'rib chiqilishini taʼminlashga muvaffaq bo'ldi.
Shunga qaramay, davlat kotibi Marko Rubio taʼkidlaganidek, bu futbol muxlislarining arizalari tekshirilmaydi va avtomatik ravishda viza beriladi, degani emas. Shu bilan birga, Eron kabi AQShga kirish taqiqlangan mamlakatlardan keladigan muxlislar Jahon chempionatiga tashrif buyura oladimi yoki yo'qmi, hali ham nomaʼlum bo'lib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.