date

Infantino: 2026 yilgi jahon chempionati tarixdagi eng zo‘r musobaqa bo‘ladi

Infantino: 2026 yilgi jahon chempionati tarixdagi eng zo‘r musobaqa bo‘ladi

FIFA prezidenti Janni Infantino 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan jahon chempionati futbol tarixida mutlaqo yangi davr ochishini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, bu musobaqa nafaqat ko‘lam, balki tomoshaboplik jihatidan ham misli ko‘rilmagan darajaga yetadi.

Infantino pley-off juftliklari qur’asi davomida so‘zga chiqib, turnir atrofida kutilgan ajoyib muhit haqida gapirdi. Uning fikricha, 2026 yilgi mundial bir oy davomida dunyoni futbol girdobiga tortadigan ulkan sahnaga aylanadi.

«Bu—har tomoni bilan tarixdagi eng kuchli jahon chempionati bo‘ladi. Bir oy ichida 104 ta Superboulga teng shiddatli va hissiyotli bellashuvlar kutilyapti», — dedi FIFA rahbari.

Infantino ayni paytda tomoshabinlar rekordi ham yangilanishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, stadionlarda jami 7 milliondan ortiq muxlis o‘yinlarga tashrif buyurishi mumkin. Bu — futbol tarixida hali hech qachon qayd etilmagan ko‘rsatkich.

Shuningdek, onlayn tarzdagi auditoriya mutlaqo ulkan bo‘lishi kutilyapti: «Internet orqali jonli translyatsiyalarni 6 milliardga yaqin inson kuzatadi», — dedi Infantino.

Futbol jamoatchiligi esa Infantino va’da qilayotgan bu g‘oyat katta ko‘lamli chempionatni katta qiziqish bilan kutmoqda. 2026-yildagi mundial nafaqat maydon ustidagi kurash, balki tomosha, texnologiya, auditoriya va marketing bo‘yicha ham yangi standart belgilashi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Infantino: 2026 yilgi jahon chempionati tarixdagi eng zo‘r musobaqa bo‘ladi